
Serial haqida
Tamer, bolalikdan boshlab hayotning qiyinchiliklariga qarshi kurashishni boshlaydi va bu qiyinchiliklarga hech qachon taslim bo'lmaydi. Ota-onasi uni va singlisi Meryemni bolalar uyiga topshirishadi, u yerda u o'sib ulg'ayadi. Yillar o‘tib, Tamer oila quradi va bolalarga ega bo‘ladi. U yaratgan kompyuter o'yini global miqyosda mashhur bo‘lib, Amerikadagi taniqli kompaniyalardan biri uning shirkatiga sheriklik taklif qiladi. Tamer o'z oilasini bir joyga to'plash maqsadida Bosfor bo'g'ozida qo'rg'on sotib oladi. Nihoyat, hayotida barqarorlik o'rnasa, Peri ismli go'zal qiz bilan uchrashuvi barchasini o'zgartirib yuboradi. Yashash umidini yo'qotgan Peri kutilmaganda Tamerning sirli olamiga kirib qoladi.























